O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Bosh kotibi bilan uchrashuv
2016-11-30 | ShHT
2016-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti Kuzatuvchilar missiyasiga bosh bo‘lib mamlakatimizga tashrif buyurgan ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar va ShHT Kotibiyati vakillaridan iborat Kuzatuvchilar missiyasi faoliyatining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ShHTni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining ijro jarayoni ham muhokama qilindi.