O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Saylov va yoshlar
2016-11-29 | Jamiyat
Toshkent Agrar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent Agrar universiteti Nukus filiali o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida, xususan mazkur qonunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilishi, saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘ladigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish huquqiga eganligini ta’kidladi. Bundan tashqari, saylov to‘g‘risida yana boshqa bir qator ma’lumotlar berilib, joriy yilning 4 dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimizning har bir fuqarosi hayotiga daxldor bo‘lib,
bu muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirga hech kim befarq qaray olmasligi, binobarin, fuqarolar saylovda ishtirok etish va o‘z xohish-irodasini bildirish orqali O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlatni yanada mustahkamlash hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lidan izchil borishini ta’minlashga o‘z hisalarini qo‘shishda faol ishtirok etish zarurligi aytildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, oxirgi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda Konstitutsiyada yozilgan moddalar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziktirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.