O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonun - Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari tarmog‘ida targ‘ibot qilindi
2016-11-29 | Jamiyat
Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari tizimidagi tashkilot vakillari bilan joriy yilning 25 noyabr kuni “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti yuzasidan seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu tadbirda 180 ga yaqin korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Shu yilning 23 dekabridan boshlab “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiritilishi va bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Seminarda Qonunning har bir bandi, ungi kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq alohida vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari vakolatlari va vazifalari belgilanligi haqida tushunchalar berildi.
Yangi Qonunning 31 - moddasida kasaba uyushmalari tashkilot-lari huquq va majburiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Joylarda vakillarni saylash, ularni o‘qitish, bilim saviyalarini oshirish kabi masalalar keng yoritilib berildi. Ushbu seminarda kasaba uyushmalari tomonidan mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlar, vakillarning huquq va majburiyatlarini yoritib beruvchi vedeoroliklar namoyish etildi.
Shu qatorda korxonalarda jamoa shartnomalarini tuzish, uning ijrosini doimiy muhokama qilish, baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan profilaktika ishlarini kuchaytirish, xodimlarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda, hodimlarni mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatligining boshqa hil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalariga amal qilinishi holatlari, shuningdek, ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan sohaga mas’ullar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunosti, me’yoriy hujjatlar va Nizomlarga takliflar kiritildi, ularni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Seminar ishida Dalat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashi mas’ul xodimi D.B. Erdashev ishtirok etdi.