O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyada uchrashuv
2016-11-25 | Saylov
Shu yil 25-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasining ikkinchi kotibi Yamagiva Kadzuyoshi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi kotibi S.Qurbonqulov mehmonni Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan joriy yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishtirdi.
Muloqot chog‘ida saylov kampaniyasi ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga asosan saylovni kuzatishda 5 ta xalqaro tashkilot missiyalari va 40 dan ziyod xorijiy davlat, shu jumladan, Yaponiyadan kuzatuvchilar ishtirok etishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.