O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishonchli vakil poytaxtlik saylovchilar bilan uchrashdi

2016-11-25 | Saylov

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili A.Hojiboyev poytaxtimizning Shayxontohur tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili yig‘ilganlarni Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. 

Dasturda mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, aholi daromadlari va hayot sifatini muttasil oshirib borishdek muhim yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan. 

Toshkent shahrining barcha tumanlarida yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni yanada ko‘paytirish, kommunal va savdo xizmatlari sifatini yaxshilash, yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari va zamonaviy xizmat turlari, madaniy-maishiy obyektlar bunyod etish, yer usti tezyurar metro yo‘nalishlarini qurish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. 

2017-2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli uy qurish dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Dasturga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin uy-joyga muhtoj oilalar uchun ko‘p qavatli arzon va zamonaviy uylar quriladi. 

Saylovchilar dasturda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish, tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ilgari surilgan vazifalarga alohida e’tibor qaratdi. 

Uchrashuvda Shayxontohur tumanidagi “Qoratosh” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli R.Obidov, “Tinchlik” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.Mirilyosov va boshqalar nomzodning dasturida belgilangan ustuvor vazifalar xususida fikr bildirdi. 

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga javob qaytardi. 

Поделиться