O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Deputatlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalarni muhokama etdilar jtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalarni muhokama etdilar

2016-11-24 | Siyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2016 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida barcha fraksiyalar va deputatlik guruhlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan hisobot yuzasidan o‘z nuqtai-nazarlarini kelishib oldilar.

Deputatlar mamlakatimizda joriy yilning yanvarida Hukumat majlisida belgilab berilgan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari va vazifalarini tizimli amalga oshirilishi hisobot davrida ham iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlash imkonini berganini qayd etdilar.

Xususan, joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) ning o‘sish sur’ati 7,8 foizni tashkil etdi, shuningdek sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,2 foizga, qurilish ishlari hajmi 15 foizga hamda xizmatlar ko‘rsatish hajmining 12,4 foizga o‘sishiga erishildi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etildi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishida amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan kichik biznesning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish muhimligini ta’kidladilar.

Fraksiya a’zolari Hukumat tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlarga alohida ahamiyat qaratib, hisobot davrida yana 835 ta korxona, birinchi navbatda kichik biznes sub’ektlari eksport faoliyatiga jalb etilganligini va qo‘shimcha 246 turdagi mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yilganligini alohida e’tirof etdilar.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 
9 oyida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlarining 50 dan ortiq yangi turi o‘zlashtirilganligi, dastur doirasida jami 4.1 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, import o‘rnini bosish samaradorligi 1,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilganligi alohida ta’kidlab, hisobotni yalpi yig‘ilish muhokamasiga kiritilishini ma’qulladilar.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari o‘z dasturiy maqsadlari va Saylovoldi platformasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hisobot davrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning izchilligi ta’minlanganligi, bu esa o‘z navbatida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga xizmat qilayotganligini alohida qayd etishdi.

Xususan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturiga asosan onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom va har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash tizimini yanada mustahkamlash bo‘yicha respublikamizda budjet hamda boshqa manbalar hisobidan qilinayotgan keng ko‘lamdagi ishlar bevosita partiya elektorati manfaatlariga mos kelishi ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari Davlat budjetining joriy yil 9 oyidagi ijrosini dastlabki tarzda muhokama qilish chog‘ida asosiy e’tiborni ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishiga qaratdilar. Unda ta’lim muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga ajratilgan mablag‘lar sarflanishi holatini muhokama qilish asnosida barcha ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron o‘quv-ta’lim dasturlari va multimedia mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar joriy yil 9 oyi davomida Davlat budjetidan atrof muhitni muhofaza qilish uchun, xususan atmosfera havosi hamda suv va yer resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga, oqava suv tozalash inshootlarini qurish va qayta ta’mirlashga, o‘rmonchilik va ko‘kalamzorlashtirish, bioxilmaxillikni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash va yangilarini barpo etishga va ekologik yo‘nalishdagi boshqa tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar ko‘lamini atroflicha muhokama qilindi.

Fraksiyalar yig‘ilishlarida, shuningdek, qonunchilik palatasi muhokamasiga ikkinchi o‘qishga kiritilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida mas’ul qo‘mita mazkur jarayonga davlat boshqaruvining turli bo‘g‘inlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, nazariyotchi olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar ham keng jalb etilgani, fraksiyalar tomonidan qonun loyihasining ayrim normalarini takomillashtirish yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinganini ta’kidlab o‘tdilar.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi a’zolari ikkinchi o‘qishga kiritilayotgan “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham muhokama qildilar.

Ushbu qonunning qabul qilinishi hibsga olingan shaxslarning huquq va erkinliklari himoyasi kafolatlarini mustahkamlashga, ma’muriy qamoq jazosini o‘tashning yagona amaliyotini ta’minlashga, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini hamda ushbu tizim xodimlarining mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirlar yakunida deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari muhokama etildi, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlari guruhining ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan nuqtai-nazari shakllantirilib, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

Поделиться