O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuviga doir
2016-11-21 | Siyosat
2016-yilning 15-18-noyabr kunlari Toshkent shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chеgarasini huquqiy rasmiylashtirishning amaliy masalalari muhokama qilindi, jumladan avval muvofiqlashtirilmagan ayrim uchastkalar bo‘yicha fikr almashildi.