O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Lokomotiv" – O‘zbekiston chempioni!

2016-11-18 | Sport

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasida mamlakatimizning o‘n olti jamoasi o‘zaro bahslashmoqda. Oliy liga bahslari yakunlanishiga bir tur qolganda "Lokomotiv" jamoasi 68 ochko bilan oltin medalni naqd qilib qo‘ydi. 

Yigirma to‘qqizinchi tur doirasida "Lokomotiv"ning eng yaqin ta’qibchisi "Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida "Navbahor" klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi va ochkolar sonini 63 taga yetkazdi. 

"Lokomotiv" esa qolgan uchrashuvlarda qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar o‘z tarixida ilk marta mamlakat chempioniga aylandi. 2002-yilda tashkil etilgan «Lokomotiv» klubi O‘zbekiston chempionatida uch marta kumush va bir marta bronza medalini qo‘lga kiritgan. 

Yigirma to‘qqizinchi tur doirasida "Mash’al" jamoasi "Buxoro"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Neftchi" o‘z maydonida "Qizilqum"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Obod" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. 

Поделиться