O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2016-11-18 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ishbilarmonlar doiralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, logistika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kengashi hamraisi B.Hey mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda izchil rivoj topib borayotganini ta’kidladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ta’lim, farmatsevtika va moliya sohalarida faollashmoqda. 

Anjumanda Buyuk Britaniyaning «British school of Tashkent», «Cambridge international examinations», «GSK», «Industrial power group/Mayphil/Quantum ES Ltd», «ITE Uzbekistan», «Worley Parsons Uzbekistan Engineering», «Thomson Reuters» kabi o‘ttizdan ortiq kompaniyasi vakillari O‘zbekiston tadbirkorlari bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma korxonalar safini kengaytirish va birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. 

Поделиться