O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xatamjon Ketmonovning Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2016-11-15 | Saylov

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 14-noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili S.Arziqulov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Nomzod mustaqillik yillarida Samarqand yanada obod, ko‘rkam va zamonaviy shaharga aylangani, bu Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari va xalqimizning fidokorona mehnati samarasi ekanini ta’kidladi. O‘z tarixi va qadriyatlarini ulug‘lab, ilg‘or g‘oya va tashabbuslari bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Samarqand ahlining hayoti, dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksaldi. 

Dasturda ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati samaradorligini yanada oshirish orqali narx va tariflarning o‘sishi inflatsiya darajasidan yuqori bo‘lmasligini, uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash maqsadida davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘larning bir qismini turar joy fondini shakllantirishga yo‘naltirish mexanizmini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 

Mamlakatimizda avtotransport vositalarining ko‘payib borayotgani natijasida yo‘llar, katta shaharlarda tirbandliklar vujudga kelishiga barham berish maqsadida tegishli infratuzilmani doimiy takomillashtirib borish, piyodalar yo‘laklarini kapital ta’mirlash, ekologik toza, sog‘lom turmush tarziga zamin yaratuvchi veloyo‘laklar barpo etish taklifi ilgari surilgan. 

Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning rolini mustahkamlash, mazkur ustuvorlikka amal qilgan holda, yetakchi ijtimoiy sohalarning tijoratlashuvini cheklash, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy kafolatlari ta’minlanishi masalalarida biznes mas’uliyatini oshirish lozimligi va bu vazifani ro‘yobga chiqarishda “Kuchli ijtimoiy himoya – asosiy maqsadimiz!” shioriga tayanilishi, nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladigan inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish va soha o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatini yanada kengaytirish ham dasturda o‘z ifodasini topgan. 

Uchrashuvda Samarqand davlat universiteti talabasi I.Umirov, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumta’lim maktabi direktori Z.Berdiyeva, Samarqand shahridagi “Said” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Davronova va boshqalar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

 
 

Поделиться