The Financial Times: Elektron hukumat - kelajakda O’zbekistonning jadal rivojlanishini harakatlantiradigan kuchdir
Britaniyaning nufuzli The Financial Times gazetasida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda uni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etilishi mavzusiga bag’ishlangan “O’zbekiston: elektron hukumat ishonchli demokratiyaning chuqurlashuvi va davlatning shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi” sarlavhali maqola chop etildi.
Unda mamlakatda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan 2013-2020 yillarda zamonaviy va ilg’or tajribalarga asoslangan “Elektron hukumat” tizimini yaratish dasturining amalga oshirilishi haqida so’z yuritiladi.
Maqolada bugunga kelib sohada ma'lum ijobiy muvaffaqiyatlarga erishilgani, jumladan, 290 dan ziyod zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan turlarini o’zida namoyon etgan
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyat yuritayotgani aytiladi. 2016 yilning boshidan buyon murojaatlar soni 2 baravarga oshgani va 800 mingdan ziyodni tashkil etayotgani, elektron portal joriy etilishidan ilgari davlat ushbu xizmatlarni ko’rsatishi uchun katta mablag’ sarflab kelgani qayd etiladi.
Nashr mamlakat fuqarolari va biznes sohasi vakillarining davlat darajasida qabul qilinadigan qarorlarda ishtirok etishlarining yana bir samarali usuli bu
Qonunchilik hujjatlariga ta'sirini baholashning elektron tizimi bo’lgani haqida yozadi. Jumladan, 800 dan ziyod me'yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu tizim orqali e'lon qilingan bo’lib, barcha uchun ochiq bo’lgan ushbu tizimga 1400 dan ko’proq sharh va takliflar kelgan hamda ularning yarmi me'yoriy hujjatlarni tasdiqlashda inobatga olingan.
«Ochilganidan beri 630 ming martadan ko’proq foydalanilgan yangi milliy
Ochiq ma'lumotlar portalining amaliyotga joriy etilishi endigina biznes faoliyatini boshlagan kompaniyalarning rivojlanishida muhim ko’mak vazifasini o’tadi, - deya davom etadi The Financial Times. - Portal 109 ta idora va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 1750 ta ma'lumotnomalar to’plamidan iborat”.
Maqolada soliq va statistika hisobоtlarini topshirish, bojxona deklaratsiyalarini to’ldirish, tadbirkorlik sub'yektlari va firmalarni ro’yxatga olish masalalari talab eng ko’p bo’lgan onlayn xizmatlar bo’lgani, yangi «Elektron viza» tizimi yo’lga qo’yilgani qayd etiladi. Shu bilan birga, davlat xaridlari bo’yicha elektron savdolarning yagona mexanizmi, tadbirkorlardan xo’jalik sudlariga da'vo arizalari va iltimosnomalar kiritishning elektron tizimi samarali faoliyat yuritayotgani, davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza berishda ma'lumotlarni to’plash uchun “yagona darcha” markazlari tashkil etilgan. Shu yo’l bilan mamlakat fuqarolari va tadbirkorlik sub'yektlari monitor va smartfonlar orqali eng talab ko’p va ommabop bo’lgan davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat olishdi.
«Bugun aholi qariyb 32 million nafarni, shundan 60 foizi yoshlarni tashkil etadagin O’zbekistonda uyali aloqadan 21 million, internetdan 13 milliondan ziyod odam foydalanadi, - deyiladi maqolada. - Mamlakatda amalga oshirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar natijasida, O’zbekiston BMTning elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo’yicha reytingida ushbu soha eng yaxshi rivojlangan dunyo mamlakatlari qatoriga kirib, 80-o’rinni, shuningdek, hukumatning o’z fuqarolari va biznes bilan muloqoti samaradorligini baholovchi Elektron ishtirok etish indeksi bo’yicha 47-o’rinni egalladi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi o’rinni egallaydi”.
Maqolada ta'kidlanishicha, O’zbekistonda elektron hukumatning joriy etilishi va rivojlanishi milliy muhim masala darajasiga ko’tarildi, ushbu masala bo’yicha 40 dan ziyod hukumat qarorlari qabul qilindi, «Elektron hukumat to’g’risida»gi Qonunda belgilangan me'yoriy-huquqiy asoslar yaratildi va u O’zbekiston parlamenti tomonidan qabul etildi.
Shu bilan bir qatorda, The Financial Times O’zbekiston Bosh vazirining Elektron qabulxonasi (
PM.gov.uz) yaratilishi haqida ma'lumot beradi. Elektron qabulxona qulayligining yaqqol namoyishi sifatida jamiyat ishonchining o’sishi, muammolar hal etilishining ta'minlanishiga davlat miqyosida yondashish, islohotlarni “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida amalga oshirish, transparentlik va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligining oshishi tilga olinadi. Bu qadam O’zbekistonda jamiyatni tobora demokratik tamoyillar asosida rivojlanishining bir qismiga aylangani qayd etiladi.
Maqolaning xulosa qismida Britaniya nashri elektron hukumat mamlakatda ishonchli demokratiyaning chuqurlashuvi va davlatning shaffofligini ta'minlashga xizmat qilishi hamda kelajakda O’zbekistonning jadal rivojlanishini harakatlantiradigan kuch hisoblanishini ta'kidlaydi.