O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xaridlari tizimi huquqiy asoslari

2016-11-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Davlat xaridlari samaradorligi va shaffofligini ta’minlashning huquqiy asoslari: holati va istiqbollari» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sanoat, qurilish va savdo masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mutaxassislar, tadbirkorlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. 

Oliy Majlis quyi palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish, davlat xaridlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda tadbirkorlar uchun elektron xarid qilish imkoniyatini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lmoqda. 

Mamlakatimizda bu muhim mexanizmning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, sohaga oid 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Davra suhbatida davlat xaridi qonunchiligi hamda tizimining bugungi holati va asosiy yo‘nalishlari, elektron davlat xaridining ushbu jarayondagi shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashdagi o‘rni, davlat xaridi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, davlat xaridlari tizimini qo‘llash majburiy bo‘lgan subyektlar doirasini kengaytirish, davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish, elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun yagona ma’lumotlar bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini joriy etish masalalarining dolzarbligidan kelib chiqib, ularning qonun darajasida aks ettirilishi muhimligi ta’kidlandi. 

 
 

Поделиться