O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Narimon Umarovning Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2016-11-07 | Saylov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 5-noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi P.Asxanov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Nazarov  yig‘ilganlarni Narimon Umarovning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Narimon Umarov Andijonning har bir hududi o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi, jumladan, bugun avtomobil sanoatida maktab yaratgan asakaliklar, yengil sanoatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan birga eksport maydoni kengayib borayotgan Xo‘jaobod tumani, tadbirkorlikda barchaga o‘rnak bo‘layotgan viloyat markazi hamda Andijon va Shahrixon tumanlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ularning samaralarini alohida  ta’kidladi.  

Andijon viloyati mamlakatimizning maydoni eng kichik, ayni paytda aholi zich yashaydigan hududidir. 2 million 900 mingdan ortiq kishi istiqomat qilayotgan viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab va ehtiyoj juda yuqori. Ushbu ehtiyojlardan kelib chiqib, mustaqillik yillarida viloyatda namunaviy loyihalar asosida 5 mingdan ziyod uy-joy qurildi. 2017-2019-yillarda yana 4 ming 220 shunday turar joylar barpo etilishi rejalashtirilgan. 

Dasturda mamlakatimizda aholi nufusi ortib, uning turmush sifati va darajasi yuksalib borayotganidan kelib chiqib, uy-joyga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Uy-joy sotib olish va qurish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish, uy-joy bozoridagi firibgarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, uy-joy kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to‘lovlar miqdorini doimiy nazoratga olish, xizmat ko‘rsatadigan muqobil tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan ustuvor maqsadlar shular jumlasidandir. 

Saylovoldi dasturida nomzod demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligiga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mamlakatni modernizatsiya qilishdek ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, yangi avlod kadrlarini tayyorlashga doir masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

Uchrashuvda Andijon shahridagi “Asr farovonlik sari” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi B.Komilov, xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Komilova, Asaka tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori A.Sultonov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Asaka tumani kengashi raisi M.Karimova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Поделиться