O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Komissiya a’zolari uchun seminar-treninglar

2016-11-05 | Jamiyat

Surxondaryo viloyatida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini oshirish, komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi 243-saylov uchastkasida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi A.Ahmedov, Markaziy saylov komissiyasi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri G.Malikova va boshqalar mamlakatimizda xalqaro demokratik me’yorlarga mos mustahkam milliy saylov tizimi yaratilganini alohida ta’kidladi. Ayni paytda joylarda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalarining adolat va demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritayotgani buning yorqin tasdig‘idir. 

Seminar-treningda tajribali ekspertlar uchastka saylov komissiyalarida hujjat yuritish, saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar o‘rtasida saylov qonunchiligini targ‘ib qilish singari muhim vazifalar bo‘yicha tushunchalar berdi. Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquq va vakolatlari, kuzatuvchilar institutining ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni oshkoraligini ta’minlashdagi roli kabi jarayonlarga e’tibor qaratildi. 

– Qiziqarli o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan bilim va ko‘nikmamizni yanada mustahkamladik, – deydi Termiz shahridagi 243-uchastka saylov komissiyasi raisi Muxtor Norqulov. – Uchastkalarda saylovchilar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratish, ona va bola, tibbiyot xonalarini jihozlash bo‘yicha berilgan tavsiyalar ham ayni muddao bo‘ldi. 

Bunday seminar-treninglar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. 

Поделиться