O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda qishloq xo‘jaligining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi

2016-11-05 | Iqtisodiyot

Samarqand qishloq xo‘jalik institutida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish: qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosidagi dolzarb masalalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan Germaniyaning IAMO (O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish) instituti hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va unga yondosh sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassis va olimlar ishtirok etdi. 

Konferensiyada bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va atrof-muhit musaffoligini asrash global ahamiyatdagi masalalardan ekani ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining tabiiy va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, eksport imkoniyatlari yuksalib borayotgani alohida qayd etildi. 

– Hozir dunyo hamjamiyati oldida tabiiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish muammosi turibdi, – deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning savdo va bozorlar marketingi bo‘yicha iqtisodchisi Yekaterina Krivonos. – Shuning uchun bunday mahsulotlar import-eksporti masalalari dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekistonning bu boradagi imkoniyatlari juda katta. O‘zbekistonda yetishtirilayotgan 170 turdagi mahsulot dunyoning 80 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. Endigi vazifa qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llagan holda hosildorlikni yanada oshirish, tabiiy imkoniyatlardan bundan-da samarali foydalanishdan iborat. 

Konferensiyada tabiiy iste’mol mahsulotlarining kamayib borayotgani, suv resurslarining qisqarishi, yerlarning cho‘llanish darajasi yuqoriligi, dunyo aholisi ko‘payayotgani va bu vaziyatda unumdor yerlarning meliorativ holatini saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Anjuman ishtirokchilari viloyatdagi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga va saqlashga mo‘ljallangan korxonalar faoliyati bilan tanishdi. 

Поделиться