O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sarvar Otamuratovning Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2016-11-05 | Saylov

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv viloyatning barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etildi. 

Uchrashuvni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi a’zosi M.Otajonov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili U.Jabborov yig‘ilganlarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovchilarga saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi. 

Nomzod ta’kidlaganidek, dastur yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat. Unda asosan ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada kengaytirish, xalqimizning betakror tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash, boyitish, uning yutuqlarini aholi, ayniqsa, navqiron avlod orasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Biz doimo milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berganmiz va bundan buyon ham ushbu masalalar diqqat markazimizda bo‘ladi, dedi Prezidentlikka nomzod. 

Dasturda til millatning eng oliy qadriyatidir, deb belgilangan. Qadimiy va boy tarixga ega o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash va uning to‘la amal qilishiga erishish, til madaniyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, milliy g‘oya, jamiyatimizning ma’naviy-axloqiy asoslari ustuvorligini ta’minlash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni, xalqimizga xos bag‘rikenglik, totuvlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash vazifalariga dasturda alohida joy ajratilgan. 

Uchrashuvda viloyat teleradiokompaniyasi muharriri M.Shodiyeva, Farg‘ona shahridagi “Oydinoy qo‘g‘irchoqlari” oilaviy korxonasi rahbari O.Burhonova, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘limi direktorining o‘rinbosari B.Mo‘minov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida, demokratik tamoyillarga mos o‘tayotganini ta’kidlab, Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

 
 

Поделиться