O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlar himoyasi mustahkamlanmoqda

2016-10-28 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizning Chilonzor tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda farmon asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining yangi mexanizmlari joriy etilgani alohida qayd etildi.  

– Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazoning bekor qilinishi birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va o‘z aybini yuvgan fuqarolarga o‘zining tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkonini beradi, – deydi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi Qutlimurat Babashev. – Farmonda ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirishning davom ettirilishi munosabati bilan Jinoyat, Soliq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, bir qancha qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan. 

Farmonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, qo‘shma korxonalarga barpo etilganidan boshlab besh yil mobaynida ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amalda bo‘lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarni qo‘llash huquqi beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik subyektlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchilik me’yorlariga to‘liq rioya etilishi yuzasidan ijro intizomini takomillashtirishda mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qiladi. 

Поделиться