O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sanoat yarmarkasi korxonalar salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda

2016-10-27 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davom etmoqda

“Faoliyat yuritayotganimizga o‘n yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. O‘tgan yillar davomida lizingga bir nechta haydov traktori, tirkamalar oldik. Bugungi yarmarkada “O‘zmashlizing” orqali “New Holland TD5.110” rusumli traktorni olish uchun yillik 4,5 foizli ustama bilan o‘n yilga shartnoma tuzdik. O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar biz uchun nihoyatda foydali bo‘layotir”. 

Bu Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 2017-yil uchun shartnoma tuzgan Bekobod tumanidagi “Navbahor adirlari” fermer xo‘jaligi rahbari Adham Ro‘zibekovning so‘zlari. 

– Yarmarka kompaniyamiz va tizimdagi “O‘zmashlizing” sho‘ba korxonasi uchun samarali kechmoqda, – deydi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Hojiyev. – Hozirgacha fermer va tadbirkorlar bilan 20 dan ortiq shartnoma imzoladik. Ayni vaqtda ularga lizing asosida xarid qilish uchun yetmishdan ziyod turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi taklif etilmoqda. Yurtimizdagi ishlab chiqarish korxonalari va zavodlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun 218 milliard so‘mlik shartnoma imzolashni rejalashtirganmiz. 

Sanoat yarmarkasida “O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar ham faol ishtirok etmoqda. Jamiyatda 2020-yilgacha 40 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish orqali mamlakatimizda energetika salohiyatini yanada mustahkamlash, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash, energiya resurslarini tejash choralari ko‘riladi. 

Amalga oshiriladigan bunday yangilanishlar jamiyat tarkibidagi o‘nlab korxonalarning stendlarida ham o‘z aksini topgan. Misol uchun, “Quyosh issiqlik energiyasi” qo‘shma korxonasi quyosh energiyasida ishlaydigan suv isitish tizimlarini, “Elektr quvvat qurilmalari” qo‘shma korxonasi past quvvatda ishlovchi o‘chirgichlar, “Elektrtarmoqqurilish” korxonasi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, metall konstruksiyalar, “Savdoenergo” korxonasi elektr energetikasi tizimi xodimlari uchun maxsus kiyimlar taklif qilayotir. 

– Yarmarkada tarmoq va tarmoqlararo hamkorlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz, – deydi “Yorqin chiroqlar” qo‘shma korxonasi bosh direktori Xayrullo Atamboyev. – Janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan korxonamizda yiliga 2,5 million dona tejamkor elektr lampa ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. 2015-yilda ikki xil yoritgich chiroqlari tayyorlagan bo‘lsak, joriy yilda yetti xil chiroq ishlab chiqarishni o‘zlashtirdik. Kelgusi yilda yoritgich va chiroqlar turini o‘ntaga yetkazishni rejalashtirganmiz. 

Yarmarkaning uchinchi kunida «O‘zbekenergo», «O‘zbekko‘mir», «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlari, «O‘zagromashservis» uyushmasi, «O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari korxonalarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. 

 
 

Поделиться