O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi bandligi parlament e’tiborida

2016-10-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan 2017-yilga mo‘ljallangan aholi bandligi dasturi loyihasi mutasaddi vazirlik, idora va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

2017-yilga mo‘ljallangan bandlik dasturi loyihasida 390 ming kishini doimiy, 200 ming kishini qishloq xo‘jaligi hamda qurilishda mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan, 309 ming kishini shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik orqali ish bilan ta’minlash nazarda tutilgani, unda mehnat bozoridagi talab, joylardagi va sohalardagi mavjud imkoniyatlarni chuqur tahlil etish orqali deputatlarning nazorat ishlari yakunlari asosidagi takliflari ham e’tiborga olinganligi qayd etildi. 

Dastur loyihasida uning parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida mehnat maydonlari tashkil etilishi, ularga “bir darcha” xizmati mutaxassislarining jalb qilinishi aholini kafolatlangan ish bilan ta’minlashga samarali hissa qo‘shadi. 

Tadbirda dasturda belgilangan ish o‘rinlarini tashkil etish mexanizmlari, dastur monitoringini yuritish masalalari muhokama qilindi, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. 

 
 

Поделиться