O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining O‘sh shahriga tashrifiga doir

2016-10-25 | Siyosat

2016-yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adxam Ikramov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida javob tariqasidagi tashrif bilan O‘sh shahrida (Qirg‘iziston Respublikasi) bo‘ladi.

Prezident Devoni, Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari, davlat va ijtimoiy tuzilmalarning viloyatdagi bo‘limlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ishbilarmon doira rahbarlari, fermerlar, ilm-fan va maorif, madaniyat va san’at arboblaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonning yuqori mansabdor shaxslari va qo‘shni Botken, Jalol-Obod va O‘sh viloyatlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi. Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar va chegara hududlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
 
1-oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan Andijon shahriga tashrif buyurgan edi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan.

Поделиться