O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspertlar guruhlarining faoliyati davom etmoqda

2016-10-23 | Saylov

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspertlar guruhlari o‘z ishini davom ettirmoqda. Ularning tarkibida ichki ishlar, adliya organlarining, aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislari, shuningdek jamoatchilik vakillari bor.

Qonunga asosan tekshirish uchun imzo varaqalari tanlash yo‘li bilan ajratib olinishi mumkin. Bunda tekshirish uchun har bir siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab to‘plangan saylovchilar imzolarining teng miqdordagi soni ajratib olinadi.

Saylovchilar imzolari va saylov varaqalariga imzo qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar zarur miqdorining kamida 15 foizi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Ekspertlar guruhi a’zolari har bir imzo varaqasini ko‘zdan kechiradilar, bunda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga, yo‘l qo‘yilgan tuzatishlar, o‘chirib yozilgan joylar mavjudligiga, turli shaxslar tomonidan to‘ldirilganligiga, o‘xshash imzolar, qo‘shimcha imzo bilan tasdiqlangan tuzatishlar mavjudligiga alohida e’tibor beradilar.

Ko‘zdan kechirish paytida kamchiliklari aniqlangan yoki shubha tug‘diradigan noaniqliklari mavjud imzo varaqalari batafsil tekshirish uchun ajratib olinadi.

Ekspertlar guruhi imzo varaqalarini tekshirishni o‘tkazayotgan xonada siyosiy partiyalarning vakillari hozir bo‘lmoqda.

Tekshirish tugaganidan so‘ng bayonnoma tuzilib, unda saylovchilarning taqdim etilgan imzolari soni, saylovchilarning tekshirilgan imzolari soni, saylovchilarning noaniq va haqiqiy emas deb topilgan imzolari soni ko‘rsatiladi. Bayonnomaning nusxasi siyosiy partiyaning vakiliga beriladi.

Ushbu bayonnoma Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun asos hisoblanadi va unga ilova qilinadi.

Поделиться