O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YeXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisobotini tayyorladi

2016-10-23 | Saylov

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan joriy yilning 11-14 oktabr kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik va Saylov bo‘yicha departamenti maslahatchisi Ulvi Axundlu tarkibidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) saylov arafasidagi vaziyat hamda saylovga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, tashqi ishlar va adliya vazirliklari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili, siyosity partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar chog‘ida DIIHB ekspertlariga O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi, saylov qonunchiligi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyoti sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida axborot taqdim etildi.

Joriy yilning 21-oktabrida YeXHT DIIHBning rasmiy veb-saytida EBM ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi natijalari bo‘yicha hisobot e’lon qilindi. Unda saylovni kuzatish maqsadga muvofiqligi, uning formati, davomiyligi va kuzatuvchilarning zarur miqdori haqida qaror qabul qilinganligi qayd etilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lajak saylovni transparent o‘tkazishga tayyorligini e’tiborga olib, Ehtiyojlarni baholash missiyasi YeXHT DIIHBga Saylovni kuzatish bo‘yicha missiya yuborishni taklif qildi.

Bunda missiya tarkibiga asosiy guruh bilan birga 28 kishidan iborat uzoq muddatli kuzatuvchilarni, shuningdek ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan 250 kishidan iborat qisqa muddatli kuzatuvchilarni kiritish taklif etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ilgari YeXHT DIIHB O‘zbekiston Respublikasidagi parlament va prezident saylovlariga cheklangan missiyalar yuborgan edi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilib, uch oy ichida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkazilishini bildirdi va 2016 yilning 4 dekabrini – saylov kuni deb belgiladi.

Bundan tashqari, EBM ekspertlari ta’kidlaganlaridek, saylov kampaniyasining barcha bosqichlari qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

2015-yilning mart oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra shu yilning dekabr oyidayoq “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi ijobiy baholandi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan quyidagi tuzatishlar alohida ajratib ko‘rsatilgan:

– siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok eta olishini yengillashtiradigan, prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan imzolar soni (5% dan 1% gacha) qisqartirilganligi;

– saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o‘tkazish shakllari, turlari va usullari to‘g‘risidagi normaning mustahkamlab qo‘yilganligi;

– qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi, ovoz berish tartib-taomili soddalashtirilganligi;

– vaqtincha yashash joyida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish imkoniyati;

– muddatidan oldin ovoz berish muddatlari, tartibi va jarayoni belgilanganligi, ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida “sukunat kuni” o‘rnatilishi nazarda tutilgan tuzatishlar alohida qayd etib o‘tiladi.

Ushbu yangi normalar YeXHT DIIHBning avvalgi tavsiyalarini inobatga olgan holda kiritilganligi va umum e’tirof etilgan saylov standartlariga mos ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Hisobotda alohida ta’kidlanganidek, saylovchilar ro‘yxatini tuzish tartibi, nomzodlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlab to‘plangan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartib-taomilini, saylovoldi tashviqoti tashkil etilishini hamda saylov kampaniyasi moliyalashtirilishini, shikoyat va arizalar ko‘rib chiqilishini, shu jumladan ma’muriy huquqbuzarliklar rasmiylashtirilishini, shuningdek kuzatuvchilarning huquqlari hamda burchlariga oid masalalarni tartibga solib turuvchi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yangilangan.

Saylov komissiyalari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, ularning majlislarida OAV vakillari, siyosiy partiyalar hamda xalqaro kuzatuvchilarning keng ishtirok etishi, MSKning saylov kampaniyasi bilan bog‘liq barcha materiallarni ommaviy axborot vositalarida va MSK veb-saytida tezkorlik bilan chop etishga tayyor ekanligi ekspertlar tomonidan ta’kidlab o‘tilgan. Okrug saylov komissiyalari xodimlarining qariyb 40 foizini xotin-qizlar tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

DIIHB missiyasi aholini bo‘lajak saylov haqida keng xabardor qilish, uchastka saylov komissiyalarining a’zolarini saylov kampaniyasining turli jihatlari bo‘yicha puxta tayyorlashga qaratilgan qator treninglarni butun mamlakat bo‘ylab tashkil etish borasidagi MSK faoliyatini, shuningdek saylovchilarning, eng avvalo yoshlar va aholining ehtiyojmand toifalarining huquqiy madaniyatini hamda elektoral faolligini yanada oshirishga doir dasturlar ro‘yobga chiqarilayotganini qayd etdi.

YeXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari tomonidan tayyorlangan hisobot qator boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olib, ular O‘zbekiston Respublikasi tomonidan saylov qonunchiligini, demokratik saylov tashkil qilish va o‘tkazilishi amaliyotini takomillashtirish sohasida amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlardan darak beradi.

Ta’kidlash lozimki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli tashkilotlar, shuningdek Yevropa, Amerika, Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va MDH mamlakatlari parlamentlarining, saylov organlarining ko‘p sonli vakillari hamda boshqa ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Поделиться