O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Puxta tayyorgarlik – yuqori samaradorlik omili

2016-10-21 | Saylov

2016-yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan respublika onlayn seminar-treningi o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari a’zolari, deputatlar, saylov komissiyalariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish masalalarida ko‘mak berayotgan vazirlik va idoralar vakillari, olim va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. 

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylov kampaniyasining barcha tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq o‘tkazilayotganini ta’kidladi. Saylov komissiyalari o‘z faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik kabi tamoyillar asosida amalga oshirmoqda. 

Caylov kampaniyasida uchastka saylov komissiyalarining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Qonunchiligimizga ko‘ra, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan, rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. 

Seminarda saylov uchastkalarini jihozlash, “Ona va bola” hamda tibbiyot xonalarini tashkil etish, komissiyaning samarali ish faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish kabi masalalar muhokama etildi. Uchastka saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish, saylovchilar ro‘yxatini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari, ovoz berish jarayonini tashkil etish hamda o‘tkazishning huquqiy asoslari, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash, joylarda saylovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roli haqida fikr yuritildi. 

Mazkur tadbir uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishga qaratilgan uch bosqichli seminar-treninglarning dastlabkisi hisoblanadi. Seminarlar endilikda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ekspertlari ishtirokida viloyatlar va tumanlarda tashkil etiladi. 

Tadbirda uchastka saylov komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv filmi namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Поделиться