O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Futbolchi qizlarimiz kubok musobaqalarida peshqadamlik qilmoqda
2016-10-18 | Sport
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha 19 yoshgacha qizlardan iborat terma jamoalar o‘rtasida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston va Qirg‘iziston qizlar terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi tojikistonlik raqibalarini 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinda Malika Burhonova, Nozima Kamoltoyeva va Maftuna Panjiyeva ikkitadan, Maftuna Shoyimova va Ro‘zixon Asqarova bittadan golga mualliflik qildi.
Qizlarimiz ikkinchi uchrashuvda Qirg‘iziston terma jamoasi darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritib, yirik hisobdagi g‘alabani nishonladi va musobaqa peshqadamiga aylandi.
Bugun futbolchi qizlarimiz eronlik tengdoshlari bilan bahslashadi.