O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chempionatni g‘alaba bilan boshladi

2016-10-18 | Sport

Bahraynda o‘tkazilayotgan o‘n to‘qqiz yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk g‘alabasini nishonladi.

Chempionatda o‘n olti davlat terma jamoasi to‘rt guruhda g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Eng kuchli to‘rt davlat terma jamoasi 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘ladigan yigirma yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy, Avstraliya va Tojikiston futbolchilari bilan «D» guruhidan joy olgan. 

Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni tojikistonlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Gollarga Saidjamol Davlatjonov va Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi. 

Endi futbolchilarimiz 18-oktabr kuni Avstraliya yoshlar terma jamoasi bilan o‘ynaydi. 

Поделиться