O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahsulot yuz foiz eksport qilinmoqda

2016-10-18 | Iqtisodiyot

Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Afro‘z Kamol Nabi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qayta ishlanayotgan meva-sabzavotlar yuz foiz xorijga eksport qilinmoqda.

Bu yerda mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda. 

– Texnik va texnologik yangilash ishlariga “Asakabank”ning viloyat filialidan olingan kredit mablag‘i qo‘l keldi, – deydi korxona rahbari Abdurahmon Rasulov. – Xorijdan keltirilgan zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Korxonada kuniga 60 tonna kartoshka, piyoz, lavlagi, sabzi, karam, bulg‘or qalampiri, olma, olcha, olxo‘ri, uzum singari 27 turdagi sabzavot va ho‘l meva yuqori texnologiyalar asosida quritilib, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon davlatlariga eksport qilinmoqda. 2015-yilda 140 ming dollarlik quritilgan meva-sabzavot eksport qilingan bo‘lsa, bu yil tashqi bozorga 1 million 500 ming dollarlik mahsulot yetkazib berishni rejalashtirganmiz. Joriy yilning birinchi yarmida 650 ming dollarlik mahsulot buyurtmachilarga shartnoma asosida yetkazib berildi. Shu yilning mart oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yarmarkada qatnashib, bir necha yangi hamkorlar bilan shartnoma tuzishga erishdik. Joriy yil uchun umumiy shartnomalarimiz qiymati 3 million dollarga yetdi. Shunga muvofiq 30 dan ziyod fermer, bog‘dorchilik va dehqonchilik xo‘jaliklari bilan meva-sabzavot xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzdik. Eksport rejalarini bajarishga barcha imkoniyatlarimiz bor. 

Korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, xomashyo zaxirasi yaratilmoqda. 1,5 ming tonna sig‘imga ega muzlatgich omborxonasi keyingi mavsumgacha yetarli meva-sabzavot zaxirasi bilan to‘ldirilayotir. Ayni paytda kelgusi yilda 10 ming tonna sig‘imli ikki qavatli muzlatgich omborxona qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Namangan viloyatida 225 ming gektardan ziyod maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. 7 ming gektardan ziyod yerda kartoshka, 14 ming 400 gektarga yaqin maydonda sabzavot mahsulotlari, qariyb 27 ming 700 gektar bog‘da meva yetishtirildi. 

Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan 1 million 371 ming 700 tonna meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bu aholining ushbu turdagi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish bilan birga, uni xorijiy davlatlarga eksport qilish imkonini ham oshiradi. Masalan, 675 ming 200 tonna sabzavotning 106 ming 740 tonnasini qayta ishlash va 39 ming 700 tonnasini eksportga chiqarish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning 12-14-iyul kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida viloyatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan 52 xo‘jalik yurituvchi subyekt 70 dan ortiq turdagi mahsulot bilan qatnashdi. O‘nlab davlatlar ishbilarmonlari bilan meva-sabzavot eksporti bo‘yicha umumiy qiymati 189,7 million dollarlik shartnomalar tuzildi. 

Meva-sabzavot eksportini tijorat banklarining kredit mablag‘lari bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish va yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining viloyat filiali ko‘magida Chust tumanida “Olmos farm text”, Chortoq tumanida “Vodiy ta'mir ta'minot baza”, Namangan tumanida “Namangan meva-sabzavot eksport”, Yangiqo‘rg‘on tumanida “Quyoshli diyor saxovatlari” va “Yangikurgan agro invest”, Uchqo‘rg‘on tumanida “Baraka meva sanoat servis” agrofirmalari tashkil etildi. 

Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur bank tomonidan sabzavotchilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlariga 10 milliard so‘mga yaqin kredit mablag‘lari ajratildi. “Navbahor mevasi” fermer xo‘jaligi intensiv bog‘ tashkil etish, “Namangan sharbati” qo‘shma korxonasi meva-sabzavotni qayta ishlash texnologiyasini joriy etishda shunday imkoniyatlardan samarali foydalandi. 

“Asakabank”ning viloyat filiali ham qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashgan agrofirmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Chust tumanida “Kapital Agro Impeks”, Yangiqo‘rg‘on tumanida “Quyoshli yurt uzumi”, “Gulshan saxovatli maskani”, Chortoq tumanida “Chortoqagroimpeks”, To‘raqo‘rg‘on tumanida “Sohibkor”, Kosonsoy tumanida “Kosonsoy uzumzori” agrofirmalari ishga tushirildi. Mazkur bank tomonidan “Gulshan Sho‘rkent tokzorlari”, “Suv uzumi” kabi uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga 1,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. 

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar dasturxonimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, serquyosh zaminimizda yetishtirilayotgan ne’matlarni eksport qilish va, eng muhimi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

 

Поделиться