O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining syezdi bo‘lib o‘tdi

2016-10-17 | Jamiyat

2016-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining navbatdagi syezdi bo‘lib o‘tdi.

Syezdda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni tasdiqlash masalasi muhokama etildi. 

Amaldagi saylov qonunchiligiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir. Qonunchilik va partiyaning ustaviga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga partiya tomonidan nomzod ko‘rsatish partiyaning oliy organi – syezdi tomonidan amalga oshiriladi. 

Delegatlar partiyaning VII plenumida tavsiya etilgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbari Sarvar Sadullayevich Otamuratovni partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi. 

Syezdda nomzod delegatlarni saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Delegatlar mazkur dastur yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi. 

Syezdda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar natijasida siyosiy partiyalar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ulardan to‘la foydalangan holda partiya elektorati hamda dasturiy maqsad va g‘oyalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash muhim vazifadir. 

Syezdda nomzod va ishonchli vakillarning amaldagi saylov qonunchiligida belgilangan normalar asosida saylovchilar bilan uchrashuvlarini yukori saviyada tashkil etish, saylovoldi tashviqoti jarayonida nomzodning saylovoldi dasturini keng tashviqot qilish, bu borada ommaviy axborot vositalarida ajratilgan joy va efir vaqtlaridan samarali foydalanish, barcha darajadagi partiya tashkilotlarining faol ishtirokini yo‘lga qo‘yish, tashviqot materiallarini tayyorlash hamda partiyaning saylov uchastkalaridagi munosib kuzatuvchilarini tanlash kabi bir kator muhim masalalar muhokama etildi va tegishli vazifalar belgilandi. 

Syezd kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari oldiga tegishli vazifalar ko‘yildi. 

Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga asosan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlar taqdim etiladi. 

Syezd yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. 

Поделиться