O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi qurultoyi bo‘lib o‘tdi

2016-10-14 | Jamiyat

2016-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining X qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiya tashkilotlarining tashkiliy va siyosiy vazifalarini muhokama etish, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ustaviga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda saylov tizimi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, faqat siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatiladi. 

Shundan kelib chiqqan holda, qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining VI plenumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan taklif qilingan – O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi, partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov nomzodi tasdiqlandi. 

Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlandiki, Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi partiyaning asosiy maqsadlariga asoslanadi. Uning ustuvorligi jamiyatning barcha a’zolari uchun har tomonlama rivojlanish va ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yuritishdan iboratdir. 

Saylovoldi dasturida mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega bo‘lishini, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligi qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishini, yoshlarga, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, kasb tanlash, ta’lim olish va o‘quv muassasalarini bitirgach, albatta, ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratilishini, pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari to‘liq qondirilishini kafolatlovchi pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimi shakllantirilishi bilan bog‘liq masalalar qamrab olingan. 

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasida O‘zbekiston XDP tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi. 

Saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida partiya tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuzilgan shtablar faoliyatini samarali tashkil etish, saylov uchastkalarida ishtirok etadigan kuzatuvchilarni huquqiy jihatdan tayyorlash, bilim va ko‘nikmalarini har tomonlama oshirish, ishonchli vakillarning o‘z vakolatlarini to‘laqonli bajarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, saylovoldi tashviqotini samarali olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ustaviga qonunchilikka muvofiq tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Поделиться