O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatida 38 mingdan ziyod yosh saylovda birinchi marta ovoz beradi

2016-10-14 | Saylov

9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati shunday nomlandi.

Tadbirda 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi a’zolari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari, pedagoglar, saylovda ilk marta ovoz beradigan yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari F.Sharipov, 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi a’zosi G‘.Rasulov va boshqalar mamlakatimizda xalqaro demokratik tamoyillarga mos milliy saylov qonunchiligi yaratilgani fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning Bosh Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquqlaridan foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Okrug saylov komissiyasi a’zolari viloyatda tashkil etilgan 708 uchastka saylov komissiyalari faoliyatini milliy qonunchiligimiz doirasida tashkil etishga ko‘maklashmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inlari ham uchastka saylov komissiyalari a’zolari tarkibini taqdim etish, saylovchilar va ularning manzilini aniqlash, birinchi marta saylovda ishtirok etuvchilar ro‘yxatini shakllantirish ishlarida faol ishtirok etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida viloyatdan 1 million 581 mingdan ortiq saylovchi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etadi. Ularning 38 ming 15 nafari saylovlarda ilk marta ovoz beradigan yoshlardir. Ushbu muhim siyosiy voqeaga hozirlik ko‘rish jarayonida saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta ishtirok etayotgan yoshlarning saylovga doir bilimini boyitishga qaratilgan turli seminar, davra suhbati va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Davra suhbatida yoshlarga Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan milliy saylov tizimi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonuni va so‘nggi yillarda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, saylovchilarning Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari xususida atroflicha ma’lumot berildi. 

– Shu yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi men uchun unutilmas voqea bo‘ladi, – deydi Termiz shahridagi 2-akademik litsey o‘quvchisi Muhammadi Jumayev. – Yaqinda 18 yoshga to‘ldim va saylash, saylanish huquqiga ega bo‘ldim. Saylov kuni Vatanimiz tinchligi va kelajagi uchun ilk bor ovoz beraman. Kelajakda ustozlarimdek pedagoglik kasbini ulug‘lab, yoshlarga tarix fanidan saboq bermoqchiman. Ushbu tadbirda orzularimning bekamu-ko‘st ruyobga chiqishi uchun saylov kuni mening ovozim ham muhim ahamiyatga ega ekanini yanada teran angladim. 

Поделиться