2016-yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining yangi tayinlangan Rahbari, Elchi Eduards Stipraysni qabul qildi.
YI Delegatsiyasi Rahbari Vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ularga ko‘p qirrali tus berish ikki tomon manfaatlariga mos keladi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.