O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

5 million dollarlik ip-kalava eksport qilindi

2016-10-11 | Iqtisodiyot

Navoiy shahridagi “Navbahor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona yiliga 6 ming 300 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda paxta tolasidan tayyorlanayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilmoqda.

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, to‘qimachilik korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, paxta xomashyosini qayta ishlashni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu tarmoq korxonalari safi kengayib, ishlab chiqarish hajmi ortishiga xizmat qilayotir. 

– Korxonamizda 200 dan ziyod aholi bandligi ta’minlangan, – deydi korxona direktori Sherzod Jumayev. – Ishchilarning asosiy qismi kasb-hunar kollejini bitirgan yosh mutaxassislardir. Mahsulotimizning qariyb 80 foizi tashqi bozorga chiqarilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 5 million dollarlik ip-kalava eksport qilindi. 

Davlatimiz tomonidan bo‘sh turgan inshootlardan maqsadli foydalanishga qaratilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur korxona ham foydalanilmay turgan binoni rekonstruksiya qilish evaziga faoliyat boshlagan edi. Ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun qiymati 10 milliard 498 million so‘mlik chet el investitsiyasi jalb qilindi. 

Ayni paytda Navoiy viloyatida sifatli paxta tolasi yetishtirish, yangi navlarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda g‘o‘zaning “Buxoro-6”, “Buxoro-102”, “An-Boyovut-2”, “Sulton”, “Porloq-2” navlari parvarishlandi. Ushbu navlar ichki va tashqi bozorda xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Tolasining pishiqligi, uzunligi va rangi tozaligi xomashyoning sanoatbopligini ta’minlaydi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, viloyatda yiliga 100-110 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirilsa, 18 ming 100 tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu yetishtirilgan paxtaning qariyb 55-56 foizi viloyatning o‘zida qayta ishlanadi, demakdir. 

Поделиться