O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ma’rifatning so‘nmas mash’ali

2016-10-11 | Jamiyat

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda «Tilga e’tibor – elga e’tibor» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi unutilmas, tarixiy voqea bo‘lgani ta’kidlandi. Ushbu qonun o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash va yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zbek adabiy tilining shakllanishini buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning beqiyos xizmatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi». 

«Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun uch tamoyil: umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida, o‘zbek tilining erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berdi. 

Istiqlol yillarida o‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘yi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib borayotir. Turli darajadagi rasmiy uchrashuv va muzokaralarda o‘zbek tilining keng qo‘llanilayotgani, qator xorijiy dargohlarda, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar soni ko‘payib borayotgani quvonarlidir. 

– Til ma’naviyat va ma’rifatning so‘nmas mash’alidir, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Dildora Tosheva. – Til muloqot jarayonida insoniyat yaratgan barcha yangiliklarni, tafakkur mevalarini o‘z bag‘rida saqlab, avloddan-avlodga yetkazib, avaylab-asrab keladi. Tilimizni e’zozlash, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalashda buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati katta ibrat maktabidir. Unga doim hurmat va e’tiborda bo‘lib, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. Zero, til bor ekan, millat barhayot, istiqboli nurli va charog‘ondir. 

 

Поделиться