O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Millatlararo totuvlik mustahkamlanmoqda

2016-10-10 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan nemis millatiga mansub fuqarolar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Germaniya hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, hukumatlararo komissiya hamraisi S.Nishonboyev, Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing va boshqalar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar qaror topgani, bu o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo do‘stlik va totuvlik muhiti rivoj topdi. O‘zbekistonda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari hamjihat yashab, turli sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Tili, urf-odat va an’analarini saqlab, madaniyatini rivojlantirmoqda. 

Mamlakatimizda “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. “O‘zbekiston – Germaniya” va “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlari xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. 

Germaniyada O‘zbekiston, O‘zbekistonda Germaniya haqida ko‘rsatuv va ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda, birgalikda madaniy tadbirlar, konsertlar o‘tkazilmoqda. Muntazam tashrif almashuvlar tufayli xalqlarimiz bir-biri bilan yaqindan tanishmoqda, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlamoqda. O‘zbekiston Qizil yarim oy, Germaniya Qizil xoch, Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyatlari hamkorligining amaliy ifodasi bo‘lgan tibbiy-ijtimoiy markazlar tomonidan aholiga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilmoqda. 

– O‘zbekistonda millatlararo totuvlik qaror topgan, milliy madaniy markazlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan, – dedi Germaniya Federativ Respublikasi Federal hukumatining ko‘chib o‘tganlar va kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha vakili, hukumatlararo komissiya hamraisi Xartmurt Koshik. – O‘zbekistonda barcha millat va elatlar qatori nemis millatiga mansub fuqarolarning ham emin-erkin yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilishi, o‘z ijodiy qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani bizni juda quvontiradi. O‘zbekiston bilan hamkorlikni barcha sohalar qatori fan-ta’lim va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda ham yanada rivojlantirish tarafdorimiz. 

Tadbirda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi nemis millatiga mansub aholini tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro madaniy, ma’rifiy va texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Majlis yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. 

Поделиться