O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot
2016-10-10 | Siyosat
2016-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.
Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Senatorlar Oliy Majlis yalpi majlisining kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga muvofiq parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi masalaning kiritilishi muhim ekanligini alohida ta’kidladilar.
Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilish hamda erkinlashtirishga, aholi farovonligini oshirishga hamda ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan bir qator O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kiritilmoqda. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Yalpi majlisda, shuningdek, “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ham ko‘rib chiqiladi.
Majlisda Senat Kengashi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham muhokama etildi.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining va devonining yettinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.
Barcha muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.