O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2016-10-07 | Siyosat

2016-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi. 

O‘zbekistonda Vladimir Putinning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini yuksak qadrlaydi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha turli darajada O‘zbekiston – Rossiya muloqotlari faollashayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. 

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘zaro hamkorlikka doir boshqa qator masalalar va ayrim xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

 
 

Поделиться