O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga doir
2016-10-06 | Siyosat
2016-yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
100 dan ortiq mamlakatlar, jumladan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning vakillari hamda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan “Farovonlik va tinchlik uchun sherikchilik” deb nomlangan forum ishtirokchilari 2017-2020-yilarda Afg‘oniston hukumatiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun ko‘mak, xususan moliyaviy yordam berish masalalarini muhokama qildilar.