2016-yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Sik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kim In Sik Samarqand shahrida Professional ta’lim markazining ochilish marosimida ishtirok etish uchun KOICA delegatsiyasiga bosh bo‘lib mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Muloqot davomida O‘zbekiston va KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari mamlakatimiz va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sherikchiligining umumiy ustuvor yo‘nalishlari nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
KOICA delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Hukumatida, qator vazirlik va idoralarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahrida bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.