O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksportda imtiyozlar: mablag‘lar tejalmoqda

2016-10-03 | Iqtisodiyot

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonunning Buxoro viloyatidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Unda Buxoro viloyatida mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi darajaga ko‘tarish borasidagi keng ko‘lamli ishlar natijasida 50 dan ortiq korxona eksportga jalb qilinib, Rossiya, Qozog‘iston va Polshada savdo uylari barpo etilgani, 2015-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgani qayd etildi. 

Xususan, sanoat va xizmatlar sohasida sezilarli natijalarga erishilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Buxoro filiali viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. O‘tgan yili jamg‘arma 80 tadbirkorlik subyektiga 11 million dollar, joriy yilning birinchi choragida esa 50 tadbirkorlik subyektiga eksport faoliyatini rivojlantirish uchun 15 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatdi. 

2011-2015-yillar davrida Buxoro viloyatiga 6 trillion 853 milliard so‘m miqdoridagi chet el investitsiyasi jalb etilgan. Bunda qulay investitsiyaviy muhit, bojxona va soliqqa oid imtiyozlar qo‘l kelmoqda. Misol uchun, 2015-yilda eksport qiluvchi korxonalarga nisbatan bojxona to‘lovlari yuzasidan 1 trillion 950 milliard so‘mdan ortiq hajmdagi imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanilgan. Joriy yilning birinchi choragida esa imtiyozlar miqdori 280 milliard so‘mdan oshgan. 

Eshituvda ayrim eksport qiluvchi korxonalarning o‘z majburiyatlarini bajarish borasida orqada qolayotganligi qayd etildi. Shofirkon, Jondor, Vobkent, Buxoro va G‘ijduvon tumanlari shular sirasidandir. 

Qo‘mitada tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini adliya organlari tomonidan kafolatli ta’minlashga doir axborot ham eshitildi. 

Eshituvda o‘z mahsulotini (ishlari va xizmatlarini) avval eksport qilmagan korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Поделиться