O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining majlisiga doir

2016-09-30 | Siyosat

2016-yilning 26-30-sentabr kunlari Almati shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasiga ilova qilinadigan demarkatsiya bo‘yicha ekspertlar darajasida tayyorlangan yakuniy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash davom ettirildi.
 
Muzokaralar ishchanlik muhitida, do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi. 

Поделиться