O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Quvayt Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2016-09-24 | Siyosat
2016-yilning 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Quvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah Xolid al-Hamad as-Sabah bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida IHT TIVK kun tartibi va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini amaliy jihatdan muhokama qildilar.