O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Polsha maslahatlashuvlariga doir

2016-09-22 | Siyosat

2016-yilning 19-21-sentabr kunlari Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari shartnoma-huquq xizmatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Polsha delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq departamenti direktori Andjey Mishtal boshchilik qildi.
 
Maslahatlashuvlarda imzolangan ikki tomonlama hujjatlar inventarizatsiya qilindi, O‘zbekiston-Polsha hujjatlari loyihalari ustida olib borilayotgan ish jarayoni ko‘rib chiqildi hamda hamkorlikning huquqiy asosini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Muzokaralar chog‘ida TIV vakillari xalqaro shartnomalar bo‘yicha qonun ijodkorligi va ularni bajarishni tartibga soluvchi ikki tomon qonunchiligi haqida ma’lumot almashdilar.

Поделиться