Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2016 yil i-yarim yil faoliyati natijalari to`g`risida axborot
2016 yil I-yarim yil mobaynida Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.1996 yildagi PF-1414-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 30.03.1996 yildagi 126-sonli Qaroriga muvofiq mamlaktimiz qimmatli qog`ozlari bozorini yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan ustuvor vazifa va maqsadlarni bajarish borasidagi ishlar davom ettirildi.
Emissiyaviy qimmatli qog`ozlar chiqiluvlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish
2016 yilning 1 iyul holatiga respublika hududida chiqarilgan aksiyalar nominal qiymat bo`yicha 29,76 trln. so`mni tashkil etgan. Ushbu ko’rsatgich 01.07.2015 yilga nisbatan 16,86 trln. so`m (2,3 marta)ga oshgan.
2016 yil I yarim yil mobaynida chiqarilgan aksiyalar emissiya hajmi bo’yicha tuzilishi quyidagicha:
Dastlabki chiqarish – 1 044,8 mlrd. so’m;
Qo’shimcha chiqarish – 12 087,6 mlrd so’m, jumladan:
Ochiq obuna – 267,2 mlrd. so’m;
Yopiq obuna – 11 820,3 mlrd. so’m.
Yangi chiqarish – 816,7 mlrd. so’m, jumladan:
Maydalash – 178,9 mlrd. so’m;
Nominal qiymatni oshirish – 617,7 mlrd. so’m.
Shuningdek, 2016 yilning 1 iyul holatiga respublika hududida korporativ obligasiyalarning 498,9 mlrd. so`mlik 158 chiqariluvi ro’yxatga olingan.
Qimmatli qog`ozlar bozori ishtirokchilari faoliyati ustidan nazorat va investorlar huquqlarini himoya qilish
2016 yil I-yarim yil mobaynida Markaz va uning hududiy organlari tomonidan 216 ta qimmatli qog`ozlar bozori ishtirokchilaring murojaatlari ko`rib chiqildi. Ularni ko`rib chiqish natijasida 14 ta qimmatli qog`ozlar bozori ishtirokchilariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berildi, 12 ta murojaat bo’yicha tegishli materiallar huquqni himoya qilish va boshqa vakolat bo’yicha organlarga yuborilgan.
Investorlar va qimmatli qog`ozlar egalarining qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida 22 ta qonunbuzarlik holatlari bo`yicha materiallar sudlarga yuborildi. Shuningdek, 2016 yil I-yarim yil mobaynida aksiyadorlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida 263,6 mln. so`m, shu jumladan “Muborakneft-gazmontaj” AJdan Z.F.Sa’dullayevga 19,3 mln. so`m, “Qashqadaryo-paxtasanoat” AJdan D.B.Babaxanovaga 8,2 mln. so`m dividend to`lanishi ta’minlandi.
2016 yil I-yarim yil mobaynida 11 ta aksiyadorlik jamiyatlar faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirildi.
Shu bilan birga, o`tkazilgan tekshirishlar monitoringi va tahliliga asosan jami qonunbuzarliklar orasida ma’lumotlarni oshkor qilish, dividendlarni to`lash, ichki audit xizmatini shakllantirish hamda qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalarning hisobini yuritishga oid qonunbuzarliklar, aksiyador, investor va nazorat qiluvchi davlat organini chalg`itish holatlari asosiy o`rinlarni egallab kelmoqda.
Xususan, hisobot davrida ma’lumotlarni oshkor qilishga oid 18 ta, kuzatuv kengashi va ichki audit faoliyatiga oid 24 ta va kuzatuv kengashi tomonidan ijro organi hisobotini eshitilmaganligi yoki o’z vaqtida eshitilmaganligiga oid 16 ta qonunbuzarlik aniqlangan.
Qimmatli qog`ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash
2016 yil 1 iyul holatiga qimmatli qog`ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi amal qilayotgan litsenziyalar soni 128tani tashkil etdi, shu jumladan 2016 yil I-yarim yil mobaynida 5 ta litsenziya berildi.
2016 yil 1 iyul holatiga litsenziyalangan yuridik shaxslar soni 76 tani tashkil qildi
Qimmatli qog`ozlar bozori mutaxassislarini attestatsiyadan o`tkazish
2016 yil I-yarim yil mobaynida 76 ta talabgorlar qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qo`yilgan. Bulardan 38 nafari attestattsiyadan (qayta attestatsiyadan) muvafaqqiyatli o`tgan bo`lib, shu jumladan Markaz tomonidan 9 nafariga I- toifa va 29 nafariga II- toifa malaka guvohnomalari berildi, 10ta talabgor attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) kelmagan, qolgan 28 nafar attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o’ta olmagan.
Shuningdek, 2016 yil I-yarim yil mobaynida oliy o`quv muassasalarining imtiyozli diplomga ega bo`lgan (moliya-iqtisodiy va yuridik sohalarda) 7 ta bitiruvchilarga ularni attestatsiyadan o`tkazmasdan turib II-toifali malaka guvohmonalari berildi.
Natijada, 2016 yilning 1 iyul holatiga Markaz tomonida berilgan qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka guvohnomalarning umumiy soni 263 tani tashkil etdi, shu jumlan 64 tasi I-toifa va 199 tasi II-toifa guvohnomalaridir.