O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Yaman 1:0

2016-09-20 | Sport

Hindistonda futbol bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yamanlik tengdoshlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Terma jamoamiz guruhdagi dastlabki uchrashuvda tailandliklarni 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Guruhdagi ikkinchi o‘yin ham keskin va murosasiz kechdi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Asadbek Sobirjonov tomonidan kiritilgan yagona gol terma jamoamizga g‘alaba keltirdi. 

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi olti ochko bilan guruhdagi yetakchilik mavqeini mustahkamlab oldi. Futbolchilarimiz navbatdagi o‘yinni 23-sentabr kuni KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

 
 

Поделиться