O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston va Tailand Qirolligi o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolanadi
2016-09-20 | Turizm
2016-yil 5-7-oktyabr kunlari Tailand Qirolligining sayyohlik va sport vaziri Kopkran Vatanavrankul xonim O’zbekistonga keladi. Uning tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi hukumati va Tailand Qirolligi hukumati o’rtasida sayyohlik sohasida hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolanadi, deb xabar beradi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi.
Shuningdek, vazir joriy yil 5-7-oktabr kuni “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazma majmuasida bo’lib o’tadigan Toshkent Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi ishida ham ishtirok etadi. Tailand Qirolligi “Toshkent Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi - 2016”ning hamkor mamlakati hisoblanadi.