O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dastlabki g‘alabasini nishonladi

2016-09-20 | Sport

Hindistonda futbol bo‘yicha o‘n olti yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dastlabki g‘alabasini nishonladi.

Mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning eng kuchli o‘n olti terma jamoasi to‘rt guruhda bahslashmoqda. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailand, KXDR va Yaman futbolchilari bilan “D” guruhidan joy olgan. Chempionatda yarim finalga chiqqan to‘rt terma jamoa keyingi yil Hindistonda o‘tadigan o‘n yetti yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi terma jamoamiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni tailandlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda futbolchilarimiz 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi va guruh peshqadamiga aylandi. 

Guruhdagi KXDR va Yaman terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda 2:0 hisobi qayd etildi. 

Endi o‘smirlarimiz navbatdagi o‘yinni 20-sentabr kuni KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

Поделиться