O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilda 371 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

2016-09-08 | Ta’lim

Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni Vatanimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida kamol toptirish, muttasil g‘amxo‘rlik ko‘rsatish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ana shu ezgu maqsad-muddaolar mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarga hamohangdir. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2016-yilda 371 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 29 umumta’lim maskani yangidan qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 239 maktab qaytadan rekonstruksiya qilindi, 103 bilim maskani kapital ta’mirlandi. 

Davlat dasturiga ko‘ra 2016-yil Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 28 bolalar va o‘smirlar sport maktabida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlashga e’tibor qaratildi. 200 dan ortiq umumta’lim maktabida sport zallari qurilib, ular zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlandi. 

1 ming 220 umumta’lim maktabini komputer sinfi, interaktiv elektron doskalar va konditsionerlar bilan jihozlashga e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 286 maktabgacha ta’lim muassasalarini kapital rekonstruksiya qilish belgilangan bo‘lib, ularni mebel, asbob-uskunalar, o‘yinchoqlar va texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. 

“Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etilib, o‘quv mebellari va rivojlantiruvchi ta’lim materiallari bilan ta’minlanmoqda. Maktabgacha ta’lim maskanlari kutubxonalari bolalar badiiy adabiyotlari bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek, 3-6 yoshli farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan oilalarga she’r va ertaklar, bolalarni maktabga tayyorlashga oid kitoblar to‘plamlari tarqatilishi ko‘zda tutilgan. 

Yangi o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 4-sinflarida ham yangi davlat ta’lim standartlari asosida chet tili fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shu asosda barcha sinflarda xorijiy tillarni o‘qitish joriy etildi. Darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, joylarga yetkazildi. 

Ilk marotaba umumta’lim maktablarining 3-sinflariga mo‘ljallangan “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Tabiatshunoslik”, “O‘zbek tili”, “Russkiy yazik”, “Kniga dlya chteniya” fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va ularning multimediali ilovalari yaratilib, chop etildi va joylarga yetkazildi. Davlat dasturi doirasida, shuningdek, umumta’lim maktablarining kutubxona fondini o‘zbek va chet el yozuvchilarining lotin grafikasi asosida nashr etilgan badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar bilan to‘ldirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘quvchi-yoshlar bilimining nechog‘li mustahkamligi ta’lim sifatini muttasil yuksaltirib borishga bog‘liq. Joriy yilda ilk marotaba o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga oid xalqaro hamda mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqib uzluksiz ta’lim tizimining 18 umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari yanada takomillashtirilib tajriba-sinovdan o‘tkazildi. 

Bularning barchasi mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish, ular qalbi va ongida ezgu g‘oyalarni mustahkam qaror toptirish, navqiron avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tiborning amaldagi yana bir yorqin namunasidir. 

Поделиться