O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Terma jamoamiz safarda g‘alaba qozondi

2016-09-07 | Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo‘ladigan jahon chempionati Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichining ikkinchi turida Qatar terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Ushbu bosqichda Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya milliy terma jamoalari bilan “A” guruhidan joy olgan mamlakatimiz futbolchilari dastlabki uchrashuvda Aleksandr Geynrixning goli evaziga suriyaliklar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan edi. Eronliklar Qatar terma jamoasini 2:0 hisobida yenggan bo‘lsa, Janubiy Koreya vakillari xitoyliklarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. 

Mutaxassislar O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda futbolchilarimizning ustunligini taxmin qilgan edi. 

Bu Doha shahrida o‘tgan bahsda o‘z tasdig‘ini topdi. Uchrashuv boshidan hujumkor o‘yin namoyish etgan futbolchilarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Suriya va Janubiy Koreya, Xitoy va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda hisob ochilmadi. Shunday qilib, mamlakatimiz futbolchilari “A” guruhida ikki tur yakunlari bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. 

O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktyabr kuniga mo‘ljallangan navbatdagi tur uchrashuvini o‘z maydonida eronlik futbolchilarga qarshi o‘tkazadi. 

Поделиться