O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiyda “Kamolot” kitob savdo markazi ochildi
2016-09-06 | Jamiyat
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi tashabbusi bilan qariyb 300 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan majmuada 400 dan ortiq turdagi kitoblar sotilmoqda.
Majmuaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Markazda o‘nga yaqin bo‘limlar bo‘lib, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulaylik yaratilgan.
– Biz, yoshlarning ma’naviyatimiz va dunyoqarashimizni boyitish maqsadida mazkur majmuaning barpo etilganidan mamnunmiz, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoli Bahodir Abdullayev. – Endi biz o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan turli adabiyotlarni shu yerdan xarid qilamiz. Yurtimizda bunday ma’rifat va ma’naviyat markazlarining ko‘payishi aholi, ayniqsa, yoshlarning vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.