O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona tumanida yangi sport-texnika klubi ish boshladi

2016-09-04 | Sport

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona tumani kengashining yangi barpo etilgan o‘quv sport-texnika klubi foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini isloh qilish, sohaga malakali kadrlar yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Bu yoshlarda intizom, qat’iyat, mardlik, matonat va mas’uliyat kabi fazilatlarni yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti ham bo‘lajak askarlarni armiya saflarida xizmat qilishga jismonan, ma’nan va texnik tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 

“Vatanparvar” tashkilotining Farg‘ona viloyati, shahar va tumanlar kengashlarida ham harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Foydalanishga topshirilgan ushbu o‘quv sport-texnika klubi mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi. Klubning o‘quv xonalari zamonaviy o‘quv-texnika vositalari bilan jihozlangan, “B” va “BC” toifadagi haydovchilar tayyorlash kursi faoliyati uchun zarur sharoit yaratilgan. 

Поделиться