O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizning barcha hududlarida motam marosimlari o‘tkazilmoqda

2016-09-04 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida motam tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Erta tongdan korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari vakillari, yoshlar, umuman, minglab andijonliklar Andijon shahridagi Bobur nomidagi maydonga kelib, Yurtboshimiz portreti poyiga gulchambarlar qo‘ydi. 

Andijon ahli viloyatdagi bunyodkorlik, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish bilan bog‘liq barcha ezgu ishlar bevosita muhtaram Prezidentimiz nomi bilan bog‘liq ekanini yaxshi biladi. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Asaka shahrida avtomobil zavodi barpo etildi, viloyat, ayniqsa, Andijon shahri qiyofasi tubdan yangilandi, yuzlab zamonaviy ta’lim muassasalari, muhtasham sport inshootlari, madaniyat va musiqa maskanlari, namunaviy loyihalar asosida 5 mingdan ziyod uy-joy qurildi. Buning samarasida viloyat iqtisodiyotida sanoatning ulushi tobora ortib, aholi farovonligi muttasil yuksalmoqda. 

Andijon viloyati hokimligida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xotira xonasi” tashkil etildi. Bu yerda xalqimizning mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida erishgan ulkan yutuq va marralarini aks ettiruvchi fotosuratlar, davlatimiz rahbarining kitoblari o‘rin olgan. Ulkan ekran orqali Prezidentimiz Islom Karimovning Andijon viloyatiga tashriflari va andijonliklar bilan samimiy suhbatlari tasvirlangan videolavhalar namoyish etildi. 

– Prezidentimiz Islom Karimov nomi Vatanimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi, xotirasi xalqimiz qalbidan hech qachon o‘chmaydi, – deydi “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, yozuvchi Qamchibek Kenja. – Chunki bu inson tashabbusi va rahbarligida mustaqil taraqqiyot yillarida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning turmush farovonligi tubdan yuksaldi. 

Viloyat markazidagi Bobur nomidagi maydonda, tuman va shaharlar markazlarida o‘tkazilgan motam marosimlarida o‘n minglab yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi. 

Поделиться